G‘am tashvish haqida hadis

Assalomu alaykum! Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh alayhissalom: “Kimning boshiga g‘am-tashvish tushsa va: “Allohumma inniy ’abduka vabnu ’abdika vabnu amatik, naasiyatiy biyadik, maazin fiyya hukmuk, ’adlun fiyya qozouk, as’aluka bikullismin huva lak, sammayta bihiy nafsak, av ’allamtahuv ahadam min xolqik, av anzaltahuv fiy kataabik, avista’sarta bihiy fiy ’ilmil g‘oybi ’indaka an taj’alal qur’aana robiy’a qolbiy, va nuvro sodriy va jilaa’a huzniy va zahaaba hammiy”, desa, Alloh uning g‘am-tashvishini ketkazib, chiqar yo‘lga paydo qiladi”, dedilar. Shunda: “Ey Rasululloh, buni o‘rganib olaylikmi?” deyildi. U zot: “Ha, uni eshitgan odam o‘rganib olishi lozim”, dedilar . Ustozlar bu hadisni haqiqat Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan ular?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 185 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar