O‘quvchilarni o‘qishga undash
Assalomu alaykum! Yaqindagina ingliz tili kurslariga qatnashni boshladim. Bundan oldin ham bunaqa kurslarga qatnashganman, lekin bu erda boshqa kurslardan farqli o‘laroq boshqacha bir usuldan foydalanishar ekan. Darsga kelmagan, darsga ko‘p kechikib kelgan yoki berilgan vazifalarni tayyorlab kelmaganlar jarimaga tortilarkan. Har hafta oxirida imtihon olinar ekan. Shu imtihonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchiga hafta davomida yig‘ilgan jarimalarni hisoblab, mukofot sifatida berilar ekan. Shu pullar halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘quvchining o‘zi “Agar men yaxshi o‘qimasam hafta davomida eng yaxshi o‘qigan o‘quvchiga faloncha hadya qilaman” desa joiz. Ammo majburlab olishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 143 | Ta’lim va muta’allim