Ruh va aql

Assalomu alaykum! Meni ko‘p o‘ylantirib keladigan masalada savol yo‘llamoqchiman. Insonni ruhi boshqaradimi yoki aqlimi? Avvaldan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson olti narsadan tashkil topgan bo‘lib, ular tuproq, suv, havo, issiqlik, aql va ruhdir. Shuning uchun inson qabrga qo‘yilganida tuproq tuproqqa, suv suvga, havo havoga, issiqlik sovuqlikka va ruh ruhlar makoniga ketadi. Insonni bu olti narsa ham boshqarishi mumkin. Bu ularning qaysi biri g‘olibligiga bog‘liq. Solih insonlarni ruh boshqaradi. Ularning ruhi Allohning zikri bilan quvvatlangan bo‘ladi. Aql ham hidoyat nuri bilan munavvar bo‘lmagan bo‘lsa, uning boshqaruvi ham zalolat tarafiga bo‘ladi. Iymon nuri bilan munavvar bo‘lmaganlarni ruhdan boshqa narsalar boshqaradi. Shuning uchun arzimas narsaga g‘azablari keladi, havolanib ketadi, suv kabi tushkunlikka tushadi, hatto o‘zlarini o‘ldirishgacha borishadi. Ruhi boshqaradigan insonlar esa hamma holatda ham Alloh taoloning qadariga rozi bo‘ladilar.Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar