Banklardagi aktsiya

Assalomu alaykum! Biz chet eldamiz, bankdan hisob kartasi ochdik. Bu bankda hozir, agar yangi hisob ochib, “hisobingizga har oy 500$ va undan ortiq maoshingiz tushsa, bank sovg‘a tariqasida shu hisobga bir marta 150$ pul tushiradi” degan aktsiya bor ekan. Ushbu sovg‘a tariqasida tushirilgan 150$ biz uchun halolmi? Rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Olib, miskinlarga berib yuboring. Chunki bunda ularga bergan pul evaziga kelayotgan foydaga o‘xshaydi.

26 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar