Turli savollar

Assalomu alaykum! Telegrammdagi kanaldan savol javoblarni o‘qib bazi bir javoblardan menda savol tug‘uldi. 1. Agar 3-4 kishi dasturxon ustida aroq ichib ovqatlanish paytida Bismillohni aytib ichishni yoki ovqat eishni boshlasa, darxol iymonni va nikohini yangilab olsin deyilgan. Bu gapdan iymonini qanday yangilaydi? Bilishimcha shaxodat kalimasini aytadimi yoki boshqa? Nikoxini qanday yangilaydi? Xuddi nikox o‘qitish shartlari kabimi?
2). Bilamizki bizning yurtda ko‘plar qabristondan o‘tib ketishda (qabristonni yonidan o‘tgan yo‘ldan) kaftini ochib duo qiladi. Shunda nima deb duo qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Kalimani aytadi. Birinchi nikoh kabi bo‘ladi. 2). Alloh ularni mag‘firat qilishini so‘rashi kerak. Buning uchun qo‘lni ko‘tarib duo qilish ham shart emas. Vallohu a’lam!
23 Aprel 2022, 17:58 | Savol-javoblar | 128 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar