Barakali umr

Assalomu alaykum! Siylai rahm qiling umringiz uzoq bo‘ladi degan hadis bor Misol bir odamni taqdiriga 60 yil umr ko‘radi degan bo‘lsa siylai rahm qilsa umri 80 yil bo‘lib qolmaydi, balki 60 yil umriga Alloh baraka beradi o‘zini uzok yashaganday xis qiladi. Shu fikrim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqdir ikki qismga bo‘linadi. Biri muallaq, biri mubram. Mubram aslo o‘zgarmaydi deganidir. Bu Allohning ilmidir. Muallaq esa biror ishga bog‘liq qilingan taqdir. Bunisi o‘zgaradi. Alloh taolo har Ramazonning qadr kechasida farishtalarga bandaning bir yillik umri, rizqi va boshqalar yozilgan sahifani beradi. Ular bandaning umri tugaptida degan kunda biror silai rahm, sadaqa yoki yaxshi amali tufayli umrida ziyodalik va barakot paydo bo‘ladi. Farishtalar xayron bo‘lganlarida Allohning mubram taqdirida umriga ziyodalik borligi ma’lum bo‘ladi. Mubram taqdirni farishtalar ham bilmaydilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar