Usta bilan muomala

Assalomu alaykum! Uyni remont qilish uchun usta yollagan odam ustaga "oziq-ovqatinglarni o‘zinglar hal qilinglar, bizda xabar olib turishga sharoit yo‘q. Chunki erda gaz va gaz-plita, idish-tovoqlar bor, shularni ishlatavering desam bo‘ladimi? Chunki man uzoqdaman. Ustalar uyni remont qilyapganda ustani ovqatini qilib berish yollovchiga (menga) shartmi yoki ovqatiga alohida pul to‘lash kerakmi? Chunki usta har kuni uchun kishi boshiga shunchadan pul berasizlar deyapti? Ular 5-6 kishi ishlaydi. Usta o‘zi ishlab topayapgan pulidan ovqatlanishi kerak emasmi yoki yollovchi ovqat bilan ta’minlashi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchilarning taomi kimning zimmasida bo‘lishi shartnoma tuzilayotgan vaqtda kelishib olinishi kerak. Kelishuvsiz o‘z-o‘zidan ish beruvchining zimmasiga tushib qolmaydi. Vallohu a’lam!

19 Iyun 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar