Oy tutilishidagi tungi namoz

Assalomu alaykum! O‘zbekiston aholisi 17 iyulga o‘tar kechasi oy tutilishiga guvoh bo‘ladi. Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 01:01 da boshlanadi. Soat 2:30 da uning maksimal fazasi boshlanib, oyning 66 foizi soya bilan yopiladi. - Istig‘for aytiladi, maxsus namozni o‘qiladi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy oy tutilganidagi namozda qiroatni oshkora qildilar» ikki shayx va Nasaiy rivoyat qiladilar. Chunki oy kechasi tutiladi. Kechadagi jamoat namozida esa, qiroat oshkora bo‘ladi. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oy tutilganida jamoat bilan emas yolg‘iz namoz o‘qiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar