Turmush o‘rtog‘im va namoz
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im yoshligidan ichadi, xozir yoshi 31 da. Oldin juda ko‘p ichardi, xozir xaftada 1 yoki 2 marotaba ichyapti va ichkilikni tashlab namoz boshlash niyatida, lekin xech tashlolmayapti. Namozni boshlasa bo‘laveradimi yoki avval ichishni tashlashi kerakmi? Maslaxat bering, tezroq shu shaytonni suvidan voz kechsayu nima maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xamr ichish Alloh taolo harom qilgan eng katta gunohlardandir. Farz namozlarni tark qilish ham kishining oxiratdagi ahvolini tang qilib, jahannamga tushishiga sababchi bo‘ladigan ishlardandir. Oxirat kuni eng birinchi so‘raluvchi amal ham aynan namozdir. Agar uni ado qilgan bo‘lsa qolgan hisob-kitobi ham engil kechadi. Agar tark qilgan bo‘lsa holiga voydir. Turmush o‘rtog‘ingiz darhol ichkilikni tashlab, namozlarni ado qilishni boshlasin. Hech birini ortga surmasin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush