Yosh bola imomlikka o‘tsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Internetda 2 ta video ko‘rib biroz tushunmay qoldim. Mashhur qori Mishari Al-Afasi jamoat namozida sura qiroat qilgandan so‘ng qo‘llarini duoga ochib uzun duo qildi, ortidagi jamoat ham ergashib qo‘llarini ochib duo qilishdi so‘ng rukuga ketishdi. Bu qanday farz yoki vojib namoz bo‘lishi mumkun? Bir katta jamoatga tahminan 9-10 yoshli bola imomlik qilayotgan edi. Albatta qiroatiga gap bo‘lishi mumkun emas, ammo voyaga etmagan bolakay imomlikka o‘tishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shofe’iylar bamdod namozida qunut o‘qishadi. Qo‘lini ko‘tarib duo qilishadi. 2). Farzga joiz emas. Nafllar to‘g‘risida ulamolar ixtilof qilganlar. Ba’zilar joiz ba’zilar joiz emas deganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar