Qiyomat kunida mol dunyo so‘rovi

Assalomu alaykum! Inson qiyomat mol dunyosi so‘roq qilinadi deyilgan ekan. Qaerdan oldiyu qaerga sarfladi, yana bir manbada kelishicha Alloh uchun bu dunyoning pashshaning qanotichalik qadri yo‘q deyilgan. Shu joyda mantiqqa tushinmadim. Pashshani qanotichalik qadri yo‘q narsani nima uchun so‘roq qilinadi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga qadri yo‘q, lekin siz bilan biz uchun qadri bor. Sizningcha xalqni molini eb ketayotganlar qiyomatda javob berishmasinmi? Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 151 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar