Qaysi tomonga yuzlanib o‘qishim kerak?
Assalomu alaykum! "Hurmatli zikr ahlidan so‘rang" hay’ati. Allohim umringizga barokot ato qilsin. Ustozlar, biz ishxonada bir necha kishi jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz. Namoz o‘qiydigan joyimiz yashash sharoitiga keltirilgan konteyner. Muammo shundaki, hammamiz birgalashib namoz o‘qiganimizda qiblaga yuzlanib o‘qiymiz va bunda namoz o‘qiydigan o‘rnimiz tor bo‘lganligidan hammamiz sig‘maymiz. Biz turgan joyda sompas yozrdamida qibla 242°ni kun botar tomon 270°ni ko‘rsatadi. Biz hammamiz birga namoz o‘qishimiz uchun 310° (shimoli-g‘arbiy) yoki bo‘lmasam 230° (janubi-g‘arbiy)ni ko‘rsatadigan tomon ga qarab o‘qishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar “Qibladan 45° gacha burilsa namoz ado bo‘ladi. Undan ko‘p bo‘lsa namoz ado bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 142 | Namoz