Chorasi bormi?

Assalomu alaykum! Men aksariyat xar kuni(juda tez-tez) uyqudan uyg‘onganimda ich kiyimimda guruch donasidek ba’zan undan xam kichik oq dog‘ni ko‘raman lekin extilomni eslolmayman. Bunda ba’zan tush ko‘rganimni eslayman, juda ko‘p xollarda tushni xam eslolmayman. O‘zi sermaziy odamman, va bu dog‘ xam maziy ekaniga 90% ishonchim komil. Xar gal g‘usl qilayabman. Lekin to‘g‘risi juda mashaqqat bo‘layabdi, ba’zan namoz vaqti o‘tib ketayabdi. "Mo‘minning me’roji" kitobida g‘usl bobida g‘usl vojib bo‘lmaydigan 4 xolat berilgan ekan. Shunda agar uyqudan turganda namlikning maziy ekanini aniq bilsa va tush ko‘rganini eslay olmasa g‘usl vojib emas deyilgan ekan. (Xato tushungan bo‘lsam uzr) Shunga binoan tushni eslolmasam g‘usl qilmasam bo‘laveradimi. Keyin qo‘pol bo‘lsa xam so‘rayman uzr, agar ich kiyimim rangi qora emas och rangda bo‘lsa xech qanday dog‘ ko‘rinmaydi sinchiklab qarasam xam. Shunda menda vasvasa bo‘layapti agar qora bo‘lganda ko‘rinardi balki deb. Chunki deyarli xar kuni bo‘ladi bu xolat. Yana so‘ramoqchi bo‘lganim bu xolda biror chorasi bormi masalan uyqudan oldin olatim uchiga paxta tiqib yotsam yoki shunga o‘xshash. Yoki xar qanday xolda xam g‘usl vojibmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maziyligini aniq bilsangiz g‘usl qilish vojib emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar