Iymondanmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men islom dinini mukammal o‘rganishni istayman. Shu sabab menga qaysi kitoblarni o‘qishni maslahat berasizlar? Qur’on tilovatini eshitganimda ko‘nglim bo‘shab ko‘zimga yosh keladi. O‘zim qiroat qilsam kelmaydi, lekin mashhur qorilarimizni tilovat qilganlarini eshitganimda qalbim sinadi va yig‘lab yuboraman. Ko‘chada yurganimda ham biror kishi Allohni zikr qilsa, yoki kasal kishini ko‘rsam, ba’zida esa osmonga qarab bulutlarni yaratilishi va harakatlarini ko‘rib ham ko‘zimga yosh keladi. Bu iymondanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yig‘lash ikki qismga bo‘linadi. Ba’zisi Allohdan qo‘rqqani uchun bo‘lsa, ba’zisi mijozi bo‘sh bo‘lgani uchun bo‘ladi. Mijozi bo‘sh bo‘lgan kishilar Allohning oyatlarini eshitib va hadislarni o‘qib eti jimirlab ham qo‘ymaydi. "Ibodati Islomiya", "Sunniy aqiydalar" va "Kifoya" kabi fiqhni o‘rgatuvchi kitoblarni o‘qing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 155 | Islam