Birovlarni pulini ishlatish

Assalomu alaykum! Kasbim taqozosi bilan mening qo‘limda ba’zida mijozlar yoki tanishlarimga tegishli bo‘lgan pullar bo‘lib turadi. Bu pullarni egasini ogoxlantirmasdan(albatta o‘zimga falonchidan shuncha qarzman deya yozib qo‘yaman), muxtojlik sababli, albatta tiyinigacha qaytarish niyatida ishlatib, ma’lum vaqtda, aytilgan paytga qadar topshiraman. Bu pullar xisobiga qilgan ishim bilan luqmam xarom bo‘lmaydimi yoki o‘g‘rilik qilgan bo‘lmaymanmi? Bu bo‘yicha shariatda xukm qanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egasini rozi qilmasangiz, halol bo‘lmaydi. O‘g‘irlik qilgan hisoblanasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar