Namoz vaqtida xato

Assalomu alaykum! Man namoz vaqtida xato qilib turaman, o‘zim bilmagan xolda, misol uchun 4 rakaat namoz bo‘lsa, 2-rakatiga attaxiyot aytamanda 4-rakaatga keldim deb o‘ylab o‘ng tarafga salom berib yuboraman, lekin birdan esimga kelib boshqa rakaatlarini davom etaman, namoz buzmayman, lekin salom beraman yoki salom bermasdan birdan esimga tushadi va namozdi davom etiraman. Shunga namozim durust bo‘ladimi yoki boshqatadan o‘qiymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom bergach gapirib yubormagan bo‘lsangiz davom ettirasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar