Rahbar ayolning xodim va xodimalari bilan muomalasi
Assalomu alaykum! Rahbar ayolning qo‘l ostidagi xodim va xodimalari, ishchilari bilan muomalasi qaysi tartibda bo‘lishi kerak? Nomahramlar, g‘ayridinlar ham bor bo‘lgan mahalliy yoki xalqaro majlislarga, ilmiy konferensiyalarga qatnashgan (o‘rangan) ayolning nutq so‘zlashi, ya’ni hammaning e’tibori markazida turib gapirishining sha’riy tartibi qanday bo‘ladi? Ko‘pincha, kundalik ishimda tor bo‘lmagan uzunroq klassik kostum va kengroq shimlar kiyaman. Shu joizmi? Men "Muslimaat" va "Bintu sodiq" ijtimoiy kanallarini ham kuzatib boraman. Bir necha kun oldin "Muslimaat" kanalida "Ikkilanish" nomli murojaatga javob berganda "Faqat olim darajasiga chiqish niyatida bo‘lsangiz-u, turmushim umrimni zoe ketkazadi, desangiz unda yo‘li boshqa " deyilganini o‘qidim. Islomda olimalik va oila yo‘li qanday bo‘lishi kerak? Shuningdek, yana bitta iltimosim ham bor edi. Ko‘pincha, ham ishda, ham oilada muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan ayollarga Hadicha onamiz ibrat qilinadi. Yana ko‘plab sahobalar, olimlar, muhaddislarning ismlarini ibratli hikoyalar va hikmatlarda uchratib, o‘ylanib qolaman. Ochig‘i, bu borada bilimim havas qilgulik darajada emasligi va yana o‘qish-izlanish uchun vaqtim etmayotganligi uchun o‘zimdan qoniqmayapman."Muslimaat" yoki "Bintu Sodiq" kanallarida har kuni yo haftada bir marta ana shunday shaxslardan birining hayoti, faoliyati, ko‘rsatgan ibratlari haqida audio yoki video ma’lumotlar berib borilsa, biz uchun nihoyatda katta yordam bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh siz kabi jamiyatga katta foyda keltirish bilan birga shariatni mahkam tutgan ayollarni safini ko‘paytirsin. Shariat ish borasida shariat chegarasida turib xodimlar bilan muomala qilishdan aslo qaytarmaydi. Islom o‘lkalarida bir necha ayol malikalar ham o‘tgan. Ular butun mamlakatni boshqarganlar. Hadiyja onamiz ham katta savdogar bo‘lib, qo‘l ostilarida bir necha erkaklar faoliyat yuritishgan. Eng asosiysi ilm olishdan to‘xtamang. Bir tomonlama fikrlovchilarni fikriga ham aldanib qolmang. Turmush qurish kerak, bunday yuz o‘girib bo‘lmaydi. Qaysi shaklda bo‘lsa ham avratingizni berkitadigan kiyim bo‘lsa bo‘ldi.
Chindan musulmon bulsang Allox senga yordam beradi. Yolg‘on musulmon bo‘lsang, Alloh seni balolarga giriftor qiladi.
Halima Ya’qub xonim. Singapur prezidenti. Yalpi ishlab chiqarish 300 milliard dollarni tashkil qiladi. Aholi 6000000 kishi. Pasport jahondagi eng kuchli pasportlardan. Yillik daromad aholi jon boshiga 85000 dollardan tushadi.
Halima xonim Yamanlik kishiga turmushga chiqdi. Universitetni bitirgandan so‘ng oddiy bir xonada istiqomat qilishdi. Mansabga mingach hukumat a’zolarini jamlab dedi:
- Mening ismim Halima Ya’qub. Allohning bandalaridan biriman. Allohdan qo‘rqaman. Kim men bilan Singapur xalqining manfaati uchun sherik bo‘lib ishlamoqchi bo‘lsa men uning Alloh yo‘lidagi singlisiman. Tashvishim Singapur xalqining turmush darajasini ko‘tarish. Meni boshqa narsa qiziqtirmaydi.
U amalga oshirgan ishlar:
1. Singapurning kirimi 2 tirillion dollardan oshdi.
2. Singapur fuqarosining yillik daromadi 85000 dollardan oshdi.
3. Singapur pasporti dunyodagi eng qimmat pasport hisoblanadi.
4. Ishsizlik 1%.
5. O‘n mingga yaqin katta korxonalar ochdi.
6. Singapurda buzg‘unchilik yo‘qoldi.
7. Singapurdagi ishlab chiqarish korxonalariga solingan barcha soliqlar bekor qilindi.
Ma’lumot uchun shuni aytish mumkinki, Halima xonim har kun o‘zining ayol yordamchilari bilan poytaxtdagi masjidda ayollar uchun ajratilgan bo‘limda bomdod namozini o‘qiydi. Namozdan so‘ng fuqarolarning mushkulotini tinglaydi.
Hijob hech qachon orqaga qaytish va qoloqlik bo‘lmagan. Halima xonim bu yutuqlarga qaramasdan oddiy fuqaroligicha qolmoqda. Uni iloh qilib olishgani yo‘q. Payg‘ambarga ham tenglashtirishgani yo‘q.
Barcha hurmat va ehtirom shu kabi ayollarga bo‘lsin!
@odamlar_orasida_dastur
Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 166 | Ayollarga oid masalalar