Qanday yöl tanlay?

Assalamu aleykum,Shayh hazratlari. Maslaxat bering,manga 2 ta bola sovchi qo‘yvotdi. 1 tasi juda diniy oila farzandi özlari xam,juda taqvodor bola. 2 chi bola esa zamonaviy özi va oilasi xam,lekin onamlar shu zamonaviy bolaga rozilar. Diniy bolaga rozi emaslar. Shayh hazratlari istixora namoz öqidim,tushimda diniy bolani kördim. Lekin,diniy bolaga turmushga chiqishim uchun onamga qarshi borishim kk,onamga xech qaysi kottalarni gapi ötmaydi. Shunday janjalar bilan diniy bolaga turmushga chiqishim din böyicha törimi? Maslaxat bering,nima qilay? Yoshman aqlim etmiyapti...Alloh sizdan rozi bölsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qilibsiz. To‘g‘ri qilgansiz. Onangizga tushuntirishga harakat qilinglar. Bu haqdagi diniy ta’limotlarni u kishiga turli yo‘llar bilan etkazinglar.

3 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar