Kafanlikdagi kalimalar

Assalomu alaykum! Onamga bir ayol kafanlikka bir mato sotibdi. Unda 7 kalima yozilgan ekan. Qabrga qo‘yilganda birga ko‘mish uchun. Onam shu matoni kafanlik bilan birga ko‘milsa bo‘ladimi deb ikkilanib qoldilar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Allohning ismi xususan oyat va hadislarni qabrga qo‘yish joiz emas. Chunki ma’lum muddatdan keyin jasad chirib, u yozuvlar najosatga tushib qoladi. Bu xuddi oyat yozilgan qog‘ozni axlat chelagiga otish bilan bir xil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar