Diniy va dunyoviy bilim

Assalomu alaykum! Men universitetda o‘qiyman. Bir gruppadoshim "Men uchun diniy bilimdan ko‘ra dunyoviy bilim ustunroq, avval dunyoviy bilim o‘rganiladi. Bu Qur’oni Karimda xam keltirilgan" dedi. Astag‘firulloh, unaqa dema dedik. U esa so‘rab surishtiringlar dedi. Men ushbu masala bo‘yicha sizlarga murojaat qildim. Javobingizni unga o‘qitmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gruppadoshingiz teskarisini aytibdi. Avval Alloh farz qilgan ilmlarni o‘rganib o‘sha ilmlar asosida dunyoviy ilmlarni va tirikchilikka kerak bo‘lgan ilmlarni o‘rganish kerak. U asosida bo‘lmasa haromga qo‘l urib qo‘yishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar