Tilla buyumni ishlab chiqarish va sotish hukmi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir odamga erkak kishi tillo taqinchoq taqishini haromligini aytib, “xuddi aroqnikiga o‘xshab nafaqat taqish, uni sotish, yasash, ko‘tarib tashish, hatto uni maslahatini berish singari hammasi harom” dedim. Ya’ni haromligida, gunohida xamrga teng dedim. Bundoq deyishimga sabab, menga uzuk qolipini oberishimni so‘rashgan edi. So‘ragan inson qolipdan foydalanib, erkaklar uchun tilla buyum qilib sotishni reja qilgan edi va bu ishda men ham sherik bo‘lib qolishimni aytdim. Savolim shuki: 1. Erkak kishiga tilla buyumni haromligini, gunohini xamrnikiga o‘xshatishim to‘g‘rimi?
2. Va erkaklarga tillani harom qilinganligi haqida oyat kelganmi? Javob uchun avvaldan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا تَشْرَبُوا فِي آنِيَةِ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَلَا تَلْبَسُوا الْحَرِيرَ وَالدِّيبَاجَ، فَإِنَّهَا لَهُمْ فِي الدُّنْيَا وَلَكُمْ فِي الْآخِرَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: مَنْ شَرِبَ فِي إِنَاءٍ مِنْ ذَهَبٍ أَوْ فِضَّةٍ فَإِنَّمَا يُجَرْجِرُ فِي بَطْنِهِ نَارًا مِنْ جَهَنَّمَ Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tilla va kumush idishlarda ichmanglar. Ipak va debojni kiymanglar. Chunki o‘shalar bu dunyoda ular uchun, oxiratda sizlar uchun», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Boshqa bir rivoyatda: «Kim tilla va kumush idishda ichimlik ichsa, qorniga jahannamdan olov kiritur», deyilgan. Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam siz bilan biz, ummatlarini to‘rt narsadan qaytarmoqdalar: 1. Tilla idishda ichimlik ichishdan. 2. Kumush idishda ichimlik ichishdan. 3. Ipak kiyim kiyishdan. 4. Deboj kiyim kiyishdan. Kiyimlar haqida keyin keladigan «Libos kitobi»da batafsil so‘z yuritiladi, inshaalloh. Tilla va kumush idishlarda ichimlik ichish harom bo‘lganidek, ularda taom eyish ham haromdir. Ayniqsa: «Kim tilla va kumush idishda ichimlik ichsa, qorniga jahannamdan olov kiritur» deyilgan rivoyatdan bu ma’no yaqqol anglanadi. Shariatimizda tilla va kumushni idish sifatida va shuningdek, boshqa turmush asboblari sifatida ishlatish harom qilinishi bir necha hikmatlarga binoan bo‘lganligini ulamo ahli alohida ta’kidlaydilar: 1. Tilla va kumush qadimda ham, hozirda ham pul birligi, gohida muomaladagi, gohida ehtiyotdagi davlat mulki sifatida ishlatib kelinganligi hammaga ma’lum. Agar tilla va kumushni idish yoki shunga o‘xshash narsalarga ishlatish yo‘lga qo‘yiladigan bo‘lsa, mazkur sohaga, ya’ni xazina boyligi sohasiga zarar etishi turgan gapga aylanib qoladi. 2. Tilla va kumushdan idish-tovoq, taroq, qoshiq va shunga o‘xshash narsalar tutishga izn berilsa, boylar orasida manmansirash, mutakabbirlik, hamma narsasini tilladan qilishga urinish kuchayib ketib, jamiyatda noqulay holat vujudga keladi. Dunyoni larzaga solgan ko‘pgina imperiyalarning tanazzulga yuz tutishlariga ayni shunga o‘xshash holatlar sabab bo‘lgani hammaga ma’lum. 3. Tilla va kumushdan turli asbob-anjomlar tutishga ruxsat bo‘lsa, boylar bu borada o‘zaro kimo‘zarga musobaqa qilgan bir paytda kambag‘allarning ko‘ngli sinib, parishonhol bo‘lishlari yuzaga keladi. Islom esa bu holatga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi. عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَمَرَنَا النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِسَبْعٍ، وَنَهَانَا عَنْ سَبْعٍ، أَمَرَنَا بِاتِّبَاعِ الْجَنَائِزِ، وَعِيَادَةِ الْمَرِيضِ، وَإِجَابَةِ الدَّاعِي، وَنَصْرِ الْمَظْلُومِ، وَإِبْرَارِ الْقَسَمِ، وَرَدِّ السَّلَامِ، وَتَشْمِيتِ الْعَاطِسِ، وَنَهَانَا عَنْ آنِيَةِ الْفِضَّةِ، وَخَاتَمِ الذَّهَبِ، وَالْحَرِيرِ، وَالدِّيبَاجِ، وَالْقَسِّيِّ، وَالْإِسْتَبْرَقِ، وَعَنِ الْمَيَاثِرِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarni etti narsaga amr qildilar, etti narsadan qaytardilar. Bizni janozalarga ergashishga, bemorni ko‘rishga, chaqiriqqa javob berishga, mazlumga yordam berishga, qasamni amalga oshirishga, salomga alik olishga va aksa urganda sog‘lik tilashga amr qildilar. U zot bizni kumush idishlardan, tilla uzukdan, ipakdan, debojdan, qassiydan, istabroq va mayosirdan qaytardilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. «Tilla uzuk». Musulmon erkaklarga tilla uzuk va boshqa taqinchoqlar taqish, ishlatish harom. Chunki bu narsalar erkaklik xususiyatini yo‘qotishga, ortiqcha faxr va zebu ziynatga sabab bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom