Idishlarni qatron qilish
Assalomu alaykum! Men musulmon qassobman. Bir birodarim tovuq pishiradigan oshxona ochgan. Birodarim menga xar kun tovuq so‘yib berishimni iltimos qildi va men rozi buldim. Men broyler tovuqlar boqadigan insonlarni topib va u joyga bordim. U erda mendan oldin boshqa qassoblar bismillahni aytmay so‘yganlarini ko‘rdim. U qassoblar bismillahni aytmay so‘ygan tovuqlarni qozonga (qaynagan suv bilan to‘lgan qozon) solishadi va u qozondan olib tovuqlar patini yuladigan apparatga solishadi va bu apparatdan olib keyin stol ustiga qo‘yib tovuqlarni ichini tozalashadi va undan keyin tovuqlarni vannaga (sovuq suvga to‘la vanna) solib yaxshilab yuviladi. Vannadan tovuqlarni olib xammasini qopga solib mijozlarga tarqatishadi. Qassoblar ishni tugatib ketganidan keyin men ham u erda tovuq so‘yishimga to‘g‘ri kelyapti. Endi men qanday qilib (qozon, tovuqlar patini yuladigan apparat, stol, vanna)ni qatron qilishim kerak? Qatron qilishni tushuntirib beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni qatron qilmaysiz. Uch marta ustidan suv quyib yuvsangiz kifoya. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni qatron qilmaysiz. Uch marta ustidan suv quyib yuvsangiz kifoya. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom