Imtihonlarda yordam
Assalomu alaykum! Men matematikman savolim qismlardan iborat: Tanishilarim, kursdoshlarim imtihonlarida yordam berishimni so‘rashadi. Ba’zilari bu imtihondagi misollarni echishga qodir ammo o‘zlari o‘qimaydi, ba’zilari qodir emas ya’ni xohlasa ham echolmaydi. Imtihondan o‘tolmasalar haydalib ketishadi. Bu vaziyatda men qanday yo‘l tutay? Yordam bermasam hafa bo‘lishadi. 2) Bir tanishim :"Akamga domlasi shu vazifani beribdi, akam sirtqi o‘qiydi, yoshi katta xullas bu vazifani qila olmaydi" dedi va pul evaziga menga vazifasini qildirtirdi. Aslida meni yordamimsiz ham boshqacha yo‘l qilib o‘tishi mumkin edi balki. Shu pullar harommi? Harom bo‘lsa endi nima qilay? 3) Ba’zi ustozlarim malaka tekshiruvi testida yordam berishimni so‘rashadi. Yordam bermayman bunaqa paytda, agar biror narsa o‘rgatosh kerak bo‘lsa jonim bilan deyman. Biz qarilik qilamiz o‘rgatganingni foydasi yo‘q deyishadi Bu holatda nima qilay? 4) Ba’zida shogirtlariga olimiadalarda yordam berishimni, ularga o‘rin emas faqat yuqori ball bo‘lsa etarli ekanligini aytishadi. Menimcha 100-o‘rinmi yoki 200-baribir bu boshqalarning haqqiga hiyonat. Bu holatda ham yordam bermasligim kerak shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. O‘rnidan turmoqchi bo‘lgan odamga yordamlashib yuborish, yurib ketishiga yordam qilib yuborish bu insoniylik hisoblanadi. Lekin siz aytgan narsalarni hammasi insofsizlik. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom