Yana "Uch asos kitob"i haqida

Assalomu alaykum! Ustoz, o‘tkan safargi Uch asos kitobi haqidagi savolimga boshqa yo‘sinda javob beribsizlar. Men albatta Aqidatut Tahoviy kitobini o‘qiganman. Menga aynan Uch asos kitobidagi xatolikni mana shu deb aytib bersangiz. Chunki bu kitob va Aqidatut Tahoviy, Fiqhul akbar kitoblari o‘rtasida biror aqidaviy ixtilofni topmadim. Balkim e’tiborsiz bo‘lgandirman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida Ibn Taymiya rahmatullohi alayhdan oldin hech kim aqiydani uch asosga bo‘lmagan. U kishi talqin qilishda yangilik paydo qilgan. Bu kabi ishlar u kishidan juda ko‘p sodir bo‘lgan. U kishigacha Allohga jihat isbot qilish degan aqiyda ham bo‘lgan emas. Aksincha Aqiydatut Tahoviyya va ummat tan olgan boshqa  aqiydaviy kitoblarda Alloh taolo olti jihatdan pokdir deyilgan. Siz bu kitobni o‘qimay qo‘yavering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 175 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar