Gaplashmay Yurishlik

Assalomu alaykum! Meni Eshitishim Bo‘yicha. Ikki Do‘st Urushib Bir Biri Bilan Gaplashmay Arazlab Yurishsa Hadisga Binoan Ularni Amallari Ko‘tarilmas Ekan Toki Yarashmagunchalari. Va Qiyomatga Hech Narsasiz Borishi Mumkin Ekan. Tushintirib Bersangiz Birodarlar 3 Kundan Ko‘p Gaplashmasa Nima Bo‘ladi. Men Bir Qancha Do‘stlarimd Bilan Orani Ochiq Qilganman. Bazi Bir Do‘stlar Juda Yomon Odam Bo‘lishadi. Ular Bilan Gaplashgandan Ko‘ra Umumam Gaplashmagan Yaxshiku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda gap gaplashish yoki gaplashmaslikda emas ikki musulmon arazlab yurish haqida ketadi. Arazlab yurmasangiz bo‘ldi. Har ko‘rganda salom va alik qilishni o‘zi o‘sha hadisga tushmaslikka kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 188 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar