Ota-onaga farzand nasihat qilishi

Assalomu alaykum! Farzand ota onaga ularni noto‘g‘ri yo‘l tutayotganlarini ko‘rib, va bu xato ularga ziyon etkazishini tushungani uchun ularni bu xatodan qaytarishga urinishi mumkinmi? Ota onam mening bu urinishlarimdan mendan xafa bo‘lib, "bizga sen nasixat qilishga uyalmaysanmi, xato qilsak bu xato uchun o‘zimiz javob beramiz, aralashma" degan javob qaytarishyapti. Men albatta ota onamni qattiq hurmat qilaman va aql o‘rgatishdan yiroqman. Shunchaki ertaga bu xatolari uchun qattiq siqilishlari va afsus qilib qolishlarini o‘ylab siqilganim tufayli ularni bu yo‘ldan qaytarishga urinyapman xolos. Savolim men ota onamga maslaxat berishga haqlimanmi, hatti xarakatim bilan gunoxga bormayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz faqat yaxshi yo‘l bilangina muomala qilish huquqiga egasiz. Undan ortig‘i zimmangizga vojib emas. Tortishishligingiz ham joiz emas. Boshqa va ularga gapi o‘tadigan odamlardan yordam so‘rang. Ana o‘shalar ota onaningizga nasihat qilishsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar