Shifokorlik kasbi
Assalomu alaykum! Men shifokorman. Bir qancha savollarim bor edi. Shifokor bemorlarga qo‘lidan kelganicha yordam beradi. Bilimini ayamaydi. Dard berguchi xam, shifosini berguchi xam Alloh. Tabib bir bemorni sog‘ayishiga sababchi bo‘lsa savobi ko‘p bo‘ladi deb eshitkandim. Shu qanchalik to‘g‘ri? 2). Ba’zida ish vaqtida bemorlarga yordam ko‘rsatganimizdan so‘ng so‘ramasak xam chin dildan deb pul tashlab ketishadi. Bu pullar shifokor uchun xalolmi? 3). Men bolalar shifoxonasida ishlayman bizga18 yoshgacha bemorlar murojaat qilishadi. Bizda ayol shifokor yo‘q. Qiz bemorlarni tekshirish maqsadida qo‘l tekkazishimizga, ularni avratlarini ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Bu borada shifokorlarga dinimizning xukmi qanday bo‘ladi? Xatolar uchun uzr so‘rab. Javoblar uchun oldindan rahmat deb qolaman. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: مِنْ أَجْلِ ذَلِكَ كَتَبْنَا عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنَّهُ مَن قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍ فِي الأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا وَمَنْ أَحْيَاهَا فَكَأَنَّمَا أَحْيَا النَّاسَ جَمِيعًا وَلَقَدْ جَاء تْهُمْ رُسُلُنَا بِالبَيِّنَاتِ ثُمَّ إِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم بَعْدَ ذَلِكَ فِي الأَرْضِ لَمُسْرِفُونَ 32. Shuning uchun ham Banu Isroilga: «Kim bir jonni biror jon sababisiz yoki er yuzida buzg‘unchilik qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi», – deb yozdik. Batahqiq, rasullarimiz ularga ochiq-oydin hujjatlar olib keldilar. So‘ngra, o‘shandan keyin ham ulardan ko‘plari er yuzida haddan oshuvchilardan bo‘ldilar.
Odam o‘ldirishning tarixga kirishi sahifasini hikoya qilib berganidan so‘ng Alloh taolo o‘sha qissadan olinadigan xulosani keyingi hayotdagi odam o‘ldirishga urinish hodisalariga bog‘lab, umumiy qoida chiqaradi:
«Shuning uchun ham», ya’ni odamlar ichida yomonlari bo‘lishi, ular nafsning gapiga kirib, boshqalarni o‘ldirishga harakat qilishi, keyin esa qilganiga pushaymon bo‘lishi va boshqa sabablarni e’tiborga olib:
«Banu Isroilga: «Kim bir jonni biror jon sababisiz yoki er yuzida buzg‘unchilik qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi», – deb yozdik», – deyilmoqda.
Bu erdagi «biror jon sababisiz» degan hukmga odam o‘ldirib, qasos uchun o‘lim jazosiga tortilgan kimsa kirmaydi.
«er yuzida buzg‘unchilik qilish» tushunchasi esa bosqinchilik, qaroqchilik kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
«tiriltirsa» degani «o‘limdan saqlab qolsa» degan ma’noni bildiradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Alloh taoloning «tiriltirsa» degan so‘ziga juda ko‘p holatda shifokorlar to‘g‘ri keladi. Savobini esa xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek ulkan qildi.
2). Halol.
3). Albatta biror ayol shifokorni sherik qilib olinglar. Buning imkoniyati bemalol. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat