Adminstratorga

Assalomu alaykum! Sizlardan beruxsat saytdagi kerakli ma’lumotlarni kerakli joyini telefonimga rasmga olib, foydalanayotgan edim. Buning uchun kechirim surayman, ilim olish maqsadida ruxsat bersangiz, shu ishni davom ettirsam. Hali biror martayam ko‘chirgan rasmlarni boshqa telefonga o‘tkazganim yo‘q. Agar ruxsat bermasangiz telefonimdagi rasimlarni o‘chirib yuboraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo ruxsat so‘raganingiz uchun tashakkur. Alloh taolo ilm olish yo‘lidagi harakatlaringizga barakot ato qilsin! Ruxsatsiz ma’lumotlarni ko‘chirib tarqatishning asosiy muammolarida biri siz aytgan "saytdagi kerakli ma’lumotlarning kerakli joyini" olish masalasidir. Biror masalada "kerakli joyini" olish bilan undagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilib qo‘yish ehtimoli ham bor. Bizning asosiy maqsadimiz ham ma’lumotlarni o‘zgartirishsiz tarqalishidir. O‘zingiz ilm olishingiz uchun saytdagi ma’lumotlarni telefoningizga ko‘chirib qo‘llanishingizning zarari yo‘q. Lekin uni o‘zgalarga etkazish borasida ehtiyotkor bo‘lmog‘ingiz kerak. Bu ma’lumotlar musulmonlarning eng qimmatli narsalari iymon va dinlariga aloqador bo‘lgani uchun, ilm darajasi etarli bo‘lmagan kishilar ma’lumot tarqatishlarida xatoga yo‘l qo‘yishlari ehtimoli yuqori bo‘lganidan ushbu ishlarni, shu ishlarning mutaxassislariga havola qilganlari afzal bo‘ladi. Alloh barchamizga O‘zining dinini o‘rganishda g‘ayrat bersin! Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 156 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar