Hadisdagi rohiqul maxtum

Assalomu alaykum! “Kim chanqagan bir musulmonga suv ichirsa, Alloh unga Jannatdagi rohiqul maxtum degan sharobdan ichiradi”. Shunday hadis bormi? Bo‘lsa sahihmi? agar iloji bo‘lsa to‘liq matnini bera olasizlarmi?(boshqalar bilan ham baham ko‘rish uchun)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu hadis “Sunani Termiziy”da keladi. Bu hadisni imom Ahmad va Abu Dovudlar ham rivoyat qilganlar. حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ الْمُؤَدِّبُ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَمَّارُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ أُخْتِ سُفْيَانَ الثَّوْرِيِّ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو الْجَارُودِ الْأَعْمَى، وَاسْمُهُ: زِيَادُ بْنُ الْمُنْذِرِ الْهَمْدَانِيُّ، عَنْ عَطِيَّةَ الْعَوْفِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّمَا مُؤْمِنٍ أَطْعَمَ مُؤْمِنًا عَلَى جُوعٍ، أَطْعَمَهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ ثِمَارِ الْجَنَّةِ، وَأَيُّمَا مُؤْمِنٍ سَقَى مُؤْمِنًا عَلَى ظَمَإٍ سَقَاهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنَ الرَّحِيقِ الْمَخْتُومِ، وَأَيُّمَا مُؤْمِنٍ كَسَا مُؤْمِنًا عَلَى عُرْيٍ، كَسَاهُ اللَّهُ مِنْ خُضْرِ الْجَنَّةِ».
هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ، وَقَدْ رُوِيَ هَذَا عَنْ عَطِيَّةَ عَنْ أَبِي سَعِيدٍ مَوْقُوفٌ، وَهُوَ أَصَحُّ عِنْدَنَا وَأَشْبَهُ
 Bizga Muhammad ibn Hotim Muaddib hadis aytib berdi.  U dedi: «Bizga Ammor ibn Muhammad ibn uxt Sufyon Savriy hadis aytib berdi». U dedi: «Bizga Abu Jorud A’mo [Uning ismi Ziyod ibn Munzir Hamdoniy] hadis aytib berdi». U Atiyya Avfiydan,  
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi mo‘min boshqa mo‘minni ochligida taomlantirsa, uni Alloh qiyomat kunida jannat mevalaridan taomlantiradi. Qaysi bir mo‘min boshqa  mo‘minni chanqoqligida suv bilan chanqog‘ini bossa, Alloh unni qiyomat kunida rahiqul maxtumdan sug‘oradi. Qaysi bir mo‘min boshqa mo‘minni kiyimsizligida libos kiydirsa, Alloh unga jannatning kiyimidan kiydiradi», dedilar».
Bu hadis g‘aribdir. Bu hadis Atiyyadan, u Abu Saiddan mavquf holatda rivoyat qilingan. U bizning nazdimizda sahihroq va ishonchliroqdir. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar