Do‘kon va dorixonalardagi holat
Assalomu alaykum! Do‘kon yoki dorixonaga kirsak ayrim holatlarda sotuvchi yolg‘iz ayol kishi (gohida yosh ayol gohida kattaayol) bo‘ladi shu payt uchinchimiz shayton bo‘lmasligi uchun ichimda yoki istig‘for yoki auzu billahni aytib turaman shu to‘g‘rimi yoki boshqa do‘konga chiqib ketganim afzalmi? 2. Alloh qodir qilgancha har kecha huftondan keyin Mulk, Sajda va Duxon suralarini o‘qib yotaman. Lekin bazida uyga juda kech qaytaman shunda yo‘lda bu suralarni o‘qib olaman uyga borib huftonni o‘qiboq uxlayman bu to‘g‘rimi yoki bu uch surani huftondan keyin o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar hamma uchun ochiq bo‘lsa, savdolashishni zarari yo‘q.2). Shom vaqti kirganidan so‘ng o‘qisangiz ham fazilatini topaverasiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar