Ustiga foyda qo‘yish

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga do‘stim nomidan savol yozyapman. Men hunarmandman mebellar qilamiz haridorlar mendan sondiq, stenka, spanlni, shkaf so‘rashadi. Shkafdan boshqa mebellarni o‘zimiz tayyorlaganlarimizni sotaman, shkafni esa boshqa usta tayyorlaganini sotaman va u ustadan shkafini necha pulligini so‘rab olaman. Aytgan narxidan qimatroqga o‘zimi mebellarimga qo‘shib sotaman. Shkafni ustata aytgan narxidan qimatroqga sotsam shu menga foydaga qoladi. Shu menga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shkaf qiluvchi bilan shkaflarni sotib berishga sharnoma tuzsangiz va xizmat haqingizni ham tayin qilib olsangiz joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar