Belbog‘ haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men masjidga kirib belbog‘imni echmasdan namoz o‘qir edim. Shunda bir odam “namozni qaytarib o‘qib olgin” deb aytdi va yana bir kishi “buni hech qanday karohiyati yo‘q” deb qoldi. Xullas bir haftadan beri masjidimizda shu masalada tortishuv boshlangan. Namozni belbog‘ bilan o‘qisa bo‘ladimi?   Javobingiz uchun oldindan rahmat. Bu saytga birinchi bor savol beryapman, xatolar qilgan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Namozni qaytarib o‘qib olgin” degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Namozxonlar bu kabi masalalarda janjal qilgandan ko‘ra, benamozlarni namozga chaqirishlaringiz yoshlaringizga munosib bo‘lar edi. Hazratimizning "Kifoya" kitoblarini olib o‘qinglar. U erda namozda makruh bo‘lgan amallarning barchasi yozilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:16 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar