Harom pulni nima qisa bo‘ladi

Assalomu alaykum! Bir inson o‘zi bilmagan holida, shariat ruxsat bermagan yo‘l bilan katta mablag‘ yig‘di. Keyin bu inson  bu ishi noto‘g‘ri ekanligini bilib ishini tark etdi. Savol: Bu inson shu payt gacha yig‘gan katta mablag‘ini endi nima qiladi? Qaerga sarflaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo haq egalarini bilsa egalariga qaytaradi. Bilmagan bo‘lsa bunday insonlar hayotda juda ko‘p. Ularning o‘sha harom pullaridan qutilib, tavba qilganlari ham juda ko‘p. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan katta zavod va fabrika yoki katta tijoratlarni yo‘lga qo‘ygan inson ularni tashlab ketolmaydi, o‘zgalarga topshirsa ham o‘zgalar uni boshqarolmaydi. Qolaversa kelgusida u insonlarning o‘zlariga ham yana mol dunyo kerak bo‘ladi. Haromdan qutilib molni halollash yo‘li bormi degan savol paydo bo‘ladi. Butun dunyo ulamolar ittifoqining katta ulamolaridan, ahli sunna val jamoaning barcha ulamolari tan olgan, xususan ustozimiz ham e’tirof qilgan olim Muhammad Hasan Dedu hafizahulloh bu haqida fatvo chiqarganlar va boshqa ulamolar ham buni manuniyat bilan qabul qilishgan. Fatvoda: “Bunday inson haromdan, hatto shubhali bo‘lgan mol mulkini hammasini qiymatini chiqaradi va ikki adolatli insonni olib kelib, “Mening haromdan bo‘lgan mollarim qiymati shuncha, sizlar kambag‘al miskinlar tarafidan vakil bo‘lib qabul qilinglar” deydi. Ikki inson vakil o‘laroq qabul qilishadi. Shu bilan mol egasi butun harom molidan qutilgan bo‘ladi va ikki inson vakilligida ulardan ish yuritishiga kerak bo‘lganchasini qarzga oladi va yillar davomida qarzini uzib boradi. Ma’lum bir muddat o‘tgach qarzdan qutiladi va ishlab topgani o‘zi uchun halol bo‘ladi” deyilgan. Siz ham o‘sha pulni shu kabi yo‘l bilan chiqaring. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar