Taxorat va boshqa

Assalomu alaykum! 1. O‘qituvchiman. Xozir qishda kunlar qisga bo‘lganligi uchun, namoz o‘qishga ishdan uyga borishga ulgurmayman. Piyoda boraman 15-20 minutlik yo‘l. Maktabda taxorat olishga xam imkon yo‘q. Suv topilar ammo xamma joyda odam, (o‘quvchilar) nomaxramlar ko‘rib qoladi. Taxoratim buzulmasligi uchin umuman xechqanday suyuqlik ichmayabman. Zo‘rg‘a o‘zimni majburlap tongdan to asrgacha chidap yuraman. Shunday paytlarda tayammum qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi yoki shu ketishda davom etdiraveraymi? 2. Men ishda namoz o‘qiydigan xona biologiya kabineti. Uyerda xarxil maketlar, sklet, tirik narsalarni rasmlari bor. Xammasini to‘sib ololmayman. Kabinet meniki emas, va boshqa kabinet egalari ruxsat xam bermaydi. Shuning uchin shundoq o‘qib olyabman. Shunday o‘qishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizda tayammumga ruxsat yo‘q ekan. Tahorat yangilash uchun yaxshiroq sharoit qidirib ko‘ring.2). Imkon boricha qibla tarafda rasm bo‘lmasligiga harakat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar