Birovning haqini ato etmoq

Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qib yurgan vaqtlarimda tashkiliy ishlarga faol edim. Sinfdoshlar bilan biron bayram munosabati bilan ziyofat qilmoqchi bo‘lsak pul yig‘inni, sarf harajatlar hammasini men qilardim. Bozor-uchardan 5000-1000 pul ortib qolardi. Shunday qilib maktabni bitirguncha sinfdoshlarni ancha haqqi menda qolib ketgan. Ilmsizlikdan bu narsaga parvo qilmaganman. Endi ularni haqqini ado qilmoqchiman. O‘rtada yig‘in qilib o‘tiramiz. Shu ziyofat harajatini cho‘ntagimdan qilib, ularni pulini qatib bersam misol uchun 30.000dan yig‘ib keyin bo‘lgan ishni aytib pullarini qaytib berib rozi qilsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir haqni o‘z egasiga etkazing va rozligini oling. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar