Asalning hukmi
Assalomu alaykum! Bir joyda asal yig‘ib olish jarayoniga guvoh bo‘ldim. Bu erda asalari ramkasida tushmay qolgan asalarilar cho‘tka bilan supurib tushirildi. O‘sha cho‘tka esa nam edi. Bu cho‘tkani hamma qo‘lini tiqib yuvib ketadigan chelakga botirib olishadi. Chelakning suvi rangi ham o‘zgarib ketgan. Katta ehtimol bilan najosat hukmini ham olib bo‘lgan. Xullas o‘sha cho‘tkadan tushgan suv ramkada ma’lum miqdorda qoladi. Keyin bu ramkani maxsus bochkada aylantirishadi. Shunda asal ham suv ham aralashib ketadi. Mening savolim asalga hukmiy jihatdan najosat bo‘lgan suv tushsa bu asalning hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha chelakdagi suv najas ekani aniq bo‘lmagunicha unga tushgan narsa pok hukmidadir. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 11:10 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom