Tibbiyot sohasida yo‘nalish tanlash
Assalomu alaykum! Ismim Akram. Ikkita savolim bor edi. 1. Erkak kishi ginekolog bo‘lib ishlashi haqida tushuncha bersangiz. Agar bir musulmon erkak tibbiyotni mana shu yo‘nalishini tanlasa, ya’ni shu fanga, ilmga qiziqishi sababidan shu yo‘nalishni tanlasa, faoliyat ko‘rasatsa buni qanday taqiq va rad etiladigan joyi bor. Iymoni butun erakak dunyoviy ilmni mana shu sohasini tanladi. Chunki bu ilm. Domlalardan biri bir mav’ezasida gapirib bergandi, - ilm ikkitadir: birinchisi din ilmi, ikkinchisi tib ilmi ekanligi haqida. U ayolni a’zolarini tomosha qilish muddaosi bilan yillab kitob varaqlagani yo‘q. Erkak ginekologlar, professorlar bo‘lishi mumkim. Ularni yozgan kitoblari o‘quv yurtlarida darsliklar bo‘lishi mumkin. Shunday holatni ham vaziyat taqozo qilishi mumkinki, masalan: tug‘ruqxonada bugungi navbatchilikda ikkita navbatchining bittasi erkak kishi bo‘lishi mumkin. Ayol mutaxasis boshqa bemor bilan band bo‘lishi va yana boshqa bemor shoshlinch yordamga muxtoj bo‘lishi mumkin. Aslidayam u erkak mana shunaqa holatlarda yordam ko‘rsatish uchun mutaxasis sifatida postda turibdi. Yoki o‘sha erkak kuchli mutaxasisligini odamlar bilib murojaat qilishi mumkin. Iltimos, mavzuning muhimligi sababidan Sizga murojaat qilyapman. Aniq yondashuv bilan ma’lumot bersangiz! 2. Men o‘zim vrachman, - bolalar neyroxirurgi (detskiy neyroxirurg). Ya’ni bolalar shifoxonasida yangi tug‘ilgan chaqaloqdan o‘n etti yoshu uch yuz oltmish to‘rt kunlikgacha bemorlar davolanadi. Demak bu yoshlarning tegishli qismi balog‘at yoshidagi qizlar ham bo‘ladi. Men ginekolog bo‘lmasam ham bemorning bosh miyasidan to bel-dumg‘aza, umuman avrat a’zolarida xirurgik amaliyotda bo‘laman. Bemorning otasi o‘zi qarashi, ko‘rishi mumkin bo‘lmagan qizining a’zolarida menga xirugik amaliyotda ishlashga ruxsat beradi. Ushbu mavzuda ham shar’iy tushuncha bersangiz, iltimos! R/S: Men vrachlik faoliyatimda shar’iy mezonlar nuqtai nazaridan tug‘iladigan savollarga shariatni o‘rgatuvchi domlalarimizdan eshitgan musulmon tabibning dinimizdagi maqomi haqidagi ma’ruzasidan taskinli javob topgandim. Va bu javob o‘zimni foydam uchun qo‘l keldi degani emas, balki tug‘ilgan savollarga topilgan javob deb baholayman. Shuningdek menga Sizning fikringiz, tavsiyalaringiz ham muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ilm har qancha qiziqarli bo‘lsa ham erkak kishilar bu sohani ushlamasliklari kerak. Chunki Odam alayhissalom yaratilganlaridan beri ayollar bu ishni a’lo darajada bajarib kelmoqdalar. Ikki xil jinsdagi inson bir-birining avratiga qarashni Alloh harom qilgan. Er-xotin bundan mustasno. Avvalo bu sohaga ham ayollardan vrach tayyorlash kerak. Shariatimizda harom bilan davolanish degan mavzu bor. Ya’ni haloldan hech qanday davo topilmasa, harom narsa o‘sha kasallikka shifo bo‘lishi aniq bo‘lsa, zaruratan o‘sha davoni iste’moli joiz. Sizni kasbingiz ham xuddi shunday. U ham shunday darajaga etsagina muolaja qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 167 | Tabobat