Birinchi yaratilish
Assalamu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang hay’ati” a’zolari. Men “Alloh birinchi bo‘lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ruhlarini yaratgan ekan” deb eshitdim. Odam ato va farishtalardan ham oldin Alloh Payg‘ambarimizning ruhlarini yaratgan ekan. Bunga biror hadis yoki rivoyat bormi? Savolim noo‘rin bo‘lsa yoki noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr. Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Imkon boricha sizlardan o‘rganishga harakat qilayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaratilish ikki qismga bo‘linadi. 1-ruhlar yaratilishi, 2-jismlarning yaratilishi. Ruhlar borasida birinchi bo‘lib, Payg‘ambarimiz Muhammad msutafo sollallohu alayhi vasallamning ruhlari yaratilgan. Bu borada Ashraf Ali Tahonaviy “Nashrut toyyib” kitoblarida bir necha rivoyatlarni keltirganlar. Jismlarning yaratilishi borasida esa birinchi bo‘lib, Odam alayhissalomning jismlari yaratilgan. Bu borada Alloh taolo “Baqara” surasi 30-oyatida marhamat qiladi :
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Albatta, Men er yuzida xalifa qiluvchiman», – dedi. Ular: «Unda buzg‘unchilik qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilasanmi? Holbuki, biz Seni hamding ila poklab yod etib va Seni muqaddaslab turibmiz», – dedilar. (U Zot:) «Men siz bilmaydigan narsani bilaman», – dedi.
Ushbu oyatdan ma’lum bo‘lyaptiki, Alloh taolo Odamning O‘zining er yuzidagi o‘rinbosari – xalifasi bo‘lishini iroda etgan ekan. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, u ulug‘ Allohning xalifasi bo‘lishdek oliy maqomga loyiq ko‘rilgan. Bunday marhamatning o‘ziga yarasha buyuk mas’uliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa qilib qo‘ygan Zotning topshiriqlarini bajarmog‘i, yaratgan Zot munosib ko‘rgan oliy maqomga dog‘ tushirmaslikka harakat qilmog‘i kerak.
Farishtalarning:
«Unda buzg‘unchilik qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilasanmi?» degan gaplaridan bilinadiki, ular o‘zlarigagina ma’lum yo‘l bilan insonning er yuzida fasod, buzg‘unchilik qilishi va qon to‘kishini bilganlar, ayni chog‘da, ular farishtalik tabiati bilan o‘zlari aytib turgan tasbehu hamdlarni va qilib turgan ulug‘lashlarni ushbu maxluqotlarning yaratilish maqsadi deb bilganlar. Ammo Allohning ilmi boshqa, farishtalar buni bilmaydilar. Shuning uchun ham:
«Men siz bilmaydigan narsani bilaman», dedi Alloh taolo.
Ya’ni odamlardan ba’zilarining buzg‘unchilik qilishi yoki qon to‘kishi er yuzida xalifa yaratish irodasiga to‘siq bo‘la olmaydi. Shuningdek, farishtalarning tasbeh va hamd aytib, Allohni hamisha ulug‘lab turishlari ham U Zotni ulardan boshqa mavjudotni yaratishdan to‘sa olmaydi.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar