Xarom o‘lgan molni go‘shti

Assalomu alaykum! Menga bir kishi bir joyga borib itlarga ulgan molni so‘yib kelishimizni aytdi va olib kelib berasan dedi. Bordim va unga qaralashdim o‘lgan molni so‘ydik. Go‘shni yukladik mashinamga yo‘lda ketayotib aytgan joyiga emas boshqa joyga olib borib berishimni so‘radi va olib borib berdim. U go‘shtni adashmasam (aniq emas) kolbasachilarga sotib yubordi. Keyin qaytdik u menga yo‘l kiraga aloxida pul berdi va mol so‘yishga yordam berganimga aloxida pul berdi. Shu ish bo‘lib o‘tdi. Bergan pullari turipti nima qilishni bilmayapman. Yoqib yuborish kerakmi exson qilish kerakmi asli u pul xalolmi yoki xarom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni karimda “Gunohga yordam bermanglar” degan. Siz esa gunohga yordam beribsiz. O‘limtik shariatda moli hisoblanmaydi. siz o‘shani mol qilib sotishga yordam beribsiz. Olgan haqingiz ham joiz emas. O‘sha olgan pulingizni savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborasiz. Sotib olgan tomonga biron yo‘lini qilib sizlarga o‘limtik go‘shtini sotib ketishdi deb bildirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar