xarom

asalomu aleykum SHayx hazratlari savolga javob bilaman lekin keng shakilda etkazolmayapman xristian va musulmon dinidagilarga javob saytda bulsa qaerda topishim mumkinligini ayting iltimos katta raxmat1 chuchqa gushti nimaga xarom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh harom degani uchun harom.Cho‘chqa butkul harom. O‘limtik, qon kabi u ham najas va iflos bo‘lgani uchun harom.Qolaversa, cho‘chqa tabiati buzuq, iflos hayvon, nima ko‘rinsa eyaveradigan maxluq. Sof tabiat egalari undan nafrat qiladilar.Eyilgan ozuqa inson vujudiga singib, o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, ba’zi dorilarni ichsangiz, Alloh u moddalarga bergan xususiyat tufayli tanadagi og‘riq qoladi, ba’zilari iste’mol qilinsa, asab o‘rniga tushadi va hokazo. Shuningdek, ba’zi ovqatlar issiqligingizni oshirib yuborsa, boshqasi sovuqligingizni oshiradi. Xulosa shuki, tanovul qilingan ozuqalar insonga har jihatdan ta’sir o‘tkazadi.Tajribalilarning ta’kidlashicha, dunyoda erkagi urg‘ochisini qizg‘anmaydigan birdanbir hayvon cho‘chqa ekan. Balki shu boisdandir, cho‘chqa go‘shti ko‘p iste’mol qiladigan xalqlarning erkaklari ayollarini qizg‘anmaydilar, bu masalada iffat va nomus nimaligini bilmaydigan dayuslarga aylanib qolganlar.Tib olimlari cho‘chqa go‘shtida qontomir va yurak kasalliklarni tarqatuvchi moddalar borligini ham aniqlashdi. Yana boshqa ko‘pgina zararlari ham ayon bo‘ldi. Bu haqda hatto o‘zlari cho‘chqa go‘shtini iste’mol qiladigan xalqlarning vakillari, Qur’on va Islomdan bexabar kishilar ilmiy ishlar qildilar, alohida kitoblar ham yozdilar.

5 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar