Talabaning toshkentga kelgandagi namozi

Assalomu alaykum! Savar haqida juda ko‘p savolni, fiqh uzni izlab chiqdim. Ammo ushbu savolga javob topa olmadim? Savolim quyidagicha: Masalan deylik, talaba Toshkentga, o‘qishga, Andijondan uzoq muddatga borish kerak bo‘lgan. Ammo o‘qish boshlanishiga 5 kun qolgandi, toshkentga yaqin masalan 65km uzoqlikda joylashgan qishloqqa borish kerak bo‘lgan. Ammo avval toshkentga borib, darrov toshkentdan chiqib ketgan. Savolim u odam qishloqda namozni qasr qilib o‘qiydimi? Shunga o‘xshash savol, agar darrov emas, o‘qish mobaynida toshkentdan shuncha masofaga chiqsachi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Toshkentga keliboq 15 kecha kunduz turmasdan 65km uzoqlikka chiqib ketishi aniq bo‘lsa toshkendayam borgan joydayam qasr qilib o‘qilinadi. Toshkenda 15 kecha kunduz turib, shundan keyin 65kmga yo‘lga chiqsa toshkenda ham borgan joyda ham to‘liq o‘qiydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar