Breket haqida

Assalomu alaykum! Men yaqinda tishlarim notekisligi(labim yopilmaydigan darajada) uchun breket qo‘ydirdim, undan tashqari og‘zimning tanglay qismini qoplab turadigan temir aparatcha qo‘ydirgandim. Ular jami 2.5 yil turar ekan. Savolim shuki, meni o‘shanda odatim kelgani uchun g‘uslim yo‘q edi. Agar g‘usl qilsam og‘zimni o‘sha erlariga suv tegmasa g‘uslim o‘tadimi degan shubhadaman, tahorat qilsamchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon boricha suv etkazishga harakat qilasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar