Juma namoziga borishga ruxsat berishmasa

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari Men Rossiyada ishlayman, bizning ish boshqaruvchimiz o‘zbek, bizda har kuni ish. Dushanbadan juma kunigacha ishdan ruxsat yo‘q. U: “Shanba, yakshanba kunlaring qayga borsang boraver, lekin dushanbadan juma kungacha hech kimga ruxsat yo‘q” deydi. Men nima qilay? Ustoz maslahat bering, iltimos sizdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zbek o‘sha gapni aytayotgan bo‘lsa, uning ustida turgan o‘risga arz qilsalaringiz, menimcha yordam beradi. Biz musulmonmiz, juma kuni namoz o‘qiymiz. O‘sha vaqtning o‘rniga boshqa payt ishlab beramiz desalaringiz, yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar