Taloq xususida

Assalomu alaykum! Opamni eri jahl ustida uch taloq deb aytibdi. Bu ancha yil oldin bo‘lgan gap. Mana necha yildirki farzandlari yo‘q, opam vaqtida “shu gapingiz uchun farzandimiz bo‘lmayapti nikoh o‘qitaylik” deb aytgan. Pochchamiz “men jahlda aytgan so‘zimni qaytib olganman” deb nikoh o‘qitishga hech unamasmish. Opamni hukmi nima? Alloh rozi bo‘lsin katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar “uch taloqsan” degan bo‘lsa ular hozirgi holatda shar’an er-xotin hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

24 Aprel 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar