Qarz savdo

Assalomu alaykum! Men bir kishiga qarzga narsa sotgan edim. U kishi bilan qarzni qaytarishga vaqt belgilagan edik. U kishi menga ishonishim uchun tilla sirg‘a zalogga berib ketgan edi. Birinchi bor vaqt kelganda uzrini aytib vaqtni kechiktirgandi. Endi esa telefonni xam olmayapti. Savolim shundaki men tilloni bozor ko‘targan narxida sotib o‘zimni pulimni olib qolganini qaytarsam bo‘ladimi? Yoki u kishini kutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotishdan odin bir og‘iz ogohlantiring. Keyin o‘sha ishni qilavering. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:11 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar