Savobmi yoki xatomi
Assalomu alaykum! Yaqinda xo‘jayinimni bir ishchilari olamdan o‘tdi. U ayol rus millatiga mansub. Nasroniy. Yosh edi. Bitta 16 yosh o‘g‘il farzandi qoldi. Boshqa xech qanday qarindoshi, ota onasi, jigarlari yo‘q. Ikki xonali uyi bor. U uyga onasi o‘lganidan keyin qaerdandir bitta “qarindoshi” xaridor bo‘lib chiqib qoldi. Uyini sotib pulini o‘zlashtirvormoqchidi. Biz turmush o‘rtog‘im bilan raxmimiz keldi shu bolaga. Birovlar aldab ketmasin, yomon yo‘lga kirib ketmasin dedik. Uyimizga olib keldik. Voyaga etguncha unga xomiylik (opekunstvo rus tilida) qilib turmoqchidik. 18 yoshga etsa uyi xam o‘zini nomiga o‘tadi. Maktabda 2 yil o‘qishi bor. Undan keyin oliygoxga kirish kerak. Eyish ichishi, kiyim kechagi deganday. Shularga qarashyapmiz. Lekin kuni kecha bir imom “bekor qilibsizlar, bu ish noto‘g‘ri, yursa yuraversin o‘zi” deb aytdilar. Nimagaligini tushuntirmadilar. Shunga sizlarga murojat qilgan joyim. Shu ishimiz noto‘g‘rimi? Etimku u bola. Savob ish emasmi? Iltimos batafsil tushuntirib beringlar. Noto‘g‘ri bo‘lsa nimaga noto‘g‘ri? O‘zimiz xam bilishimiz kerakku savob bilan noto‘g‘ri ishni farqini. O‘zimizni ilmimiz etmaydi xozircha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bolaga yordam berishingiz savobli ish. Lekin bu masalada amal qilishingiz kerak bo‘lgan shar’iy hukmlar bor. Birinchisi bola shar’iy balog‘at (tushida bullg‘andagan) yoshiga etganida, u etimlikdan chiqadi. Ikkinchisi u sizga va oilangizdagi balog‘atga etgan ayol qizlarga nomahram bo‘ladi. Shuning uchun u bola bilan birga yolg‘iz qolishlaringiz harom hisoblanadi. Uni yonida avratlaringizni berkitib hijoblanishingiz farz. Imomning gaplari ham shu nuqtai nazardan bo‘lishi kerak. Shunday ekan, imkon bo‘lsa o‘zi alohida uyida turib, sizlar yordam berib turganlaringiz afzal. Unga yaxshi muomala qilib, islomni tushuntirib, musulmon bo‘lishiga sabab bo‘lsangizlar, juda katta savob ish qilgan bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar