Rus tilidagi maqol
Assalomu alaykum! Rus tilida "Esli bog chto-to u tebya zabiraet, znachit, emu est’ chto dat’ vzamen" deyiladi. Bu xaqida oyatlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Sharh" surasida marhamat qiladi: فَإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًاإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا 5. Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Arab tili qoidasiga binoan, bir «aliflom»i bor so‘z (al-usru) ikki marta takrorlansa, bir narsani ifoda etar ekan. Ammo «alif-lom»i yo‘q so‘z (yusron) ikki marta takror bo‘lsa, alohida ikki narsani ifoda etar ekan.
Shu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi ikki oyatning umumiy ma’nosi: «Bir qiyinchilikdan so‘ng ikki osonchilik bor», degani bo‘ladi. Bu ma’noda ko‘pgina hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi mo‘min kishini sabrli, qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Qiyinchilik paytida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka, balki sabr bilan harakat qilishga va Alloh taolodan engillik kutishga undaydi.
Alloh taolo yuqoridagi oyatlarda O‘z Payg‘ambariga bergan ne’matlarini eslatib bo‘lib, endi shukr etishga, ibodat uchun harakat qilishga va faqat Alloh taoloning O‘ziga rag‘bat qilishga undaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar