Odamlarni oxiratga ishonchlari

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda bironta odamga bu ishing yaxshi emas shariat tamonidan xarom qilingan desang, nega deb so‘rashadi. Shariatda shunaqa, u dunyoda javobini berishga to‘g‘ri keladi desam "u dunyoga xech bir odam zoti borib kelmagan" deyishadi. Xususan ayni shu xol meni yaqinlarim bilan xam ko‘p sodir bo‘ladi. Shunday deyishlik ayni kufr deb xisoblayman, negaki meroj voqiyasini misol qilib olaman. Yoki meni o‘ylaganim noto‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymon bo‘lmasa yoki iymon bo‘lsa ham mustahkam bo‘lmasa shunaqa og‘ziga kelganini gapirishaveradi. O‘lsa, kim to‘g‘ri gapirganini bilib olishadi. Bunga hech qanday shak yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar