Internetdagi sayt orqali investitsiya kiritish

Assalomu alaykum! Internetda shunday sayt borki, u orqali investitsiya kiritilsa, daromad kafolatlangan. Asosan valyuta bozorga, qimmatbaho metallarga investitsiya kiritiladi. Ma’lum muddatga kiritilgan investitsiya muddat tugagach asosiy investitsiya summasini hamda kafolatlangan qo‘shimcha daromad qaytarib beriladi. Investor hech qachon zarar ko‘rmasligi ta’kidlangan. Ko‘plab investorlardan olingan mablag‘lar to‘planib, professional treyderlar jamoasi orqali boshqarilishi aytilgan. Hamda daromadlar investorlar kesimida taqsimlanadi. Bunda risk 0 ga tenglashtirilgan. Savolim shundayki, bunday usulda daromad olish halolmi yoki harom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozganlaringizga ko‘ra o‘sha sayt aslida hech qanday investitsiya bilan shug‘ullanmaydi, balki insonlarni shu gap bilan aldab mablag‘ jalb qiladi. Chunki har qanday investitsiyada xatar va zarar ko‘rish ehtimoli albatta bo‘lishi kerak. Siz o‘sha saytning manzilini bizga yozib yuboring. Tekshirib, aynan qanday faoliyat olib borishlarini aytib beramiz. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 13:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar