Sigaret chekkan imomga iqtido qilish
Assalomu alaykum! Meni bir narsa anchadan buyon kiynab yuribdi. Bilamizki sigaret va nos chekish gunox ishlardan biri bularni chekkan namozxonning taxorati sinadi deb uylayman bu meni fikrim. Taxorat sinishini xech bir ulamo dalillar bilan isbotlab berolmasada bu xarom qilingan narsalar. Mening savolim shuki, sigaret va nos chekib taxoratini yangilamay nos va sigaret chekkan odamning taxorati sinmaydi deb boshqalarga fatvo beradigan chekishga mukkasidan ketgan imomga masjidda iqtido qilib o‘qisa namozi qabulmi yoki namoz buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iqtido qilinadi. لِأَبِي دَاوُدَ وَالدَّارَقُطْنِيِّ: الصَّلَاةُ الْمَكْتُوبَةُ وَاجِبَةٌ خَلْفَ كُلِّ مُسْلِمٍ بَرًّا كَانَ أَوْ فَاجِرًا وَإِنْ عَمِلَ الْكَبَائِرَAbu Dovud va Dora Qutniy keltirgan rivoyatda:
«Farz namoz har bir musulmonning ortidan — u yaxshi bo‘lsa ham, fojir bo‘lsa ham, kabira gunohlarni qilsa ham vojibdir», deyilgan.
Sharh: Bu rivoyatdan har kim imom bo‘laverar ekan, degan gap kelib chiqmaydi. Avval o‘tgan hadislardan o‘rganganimizdek, imomlikka eng oliy sifatlarga ega bo‘lgan musulmonlargina o‘tadilar. Bilib turib, nomunosib odamni imom qilishga uringan kishi gunohkor bo‘ladi. Nomunosib odamning o‘zi turli yo‘llar bilan imom bo‘lib olishi ham gunohdir. Imom bo‘ladigan odam ixlosli, taqvodor, ilmli, adolatli va boshqa yaxshi sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Bularni yuqorida o‘rganib chiqdik. Ushbu biz o‘rganayotgan rivoyatdagi holat esa taqdir taqozosi bilan musulmonlarning ixtiyoridan tashqari imomlikka o‘tishni o‘ziga ep ko‘rgan, agar ularga qarshi gap-so‘z bo‘lsa, musulmonlar o‘rtasida fitna chiqib, zarar etishi mumkin bo‘lgan holga tegishlidir. Shuning uchun ham ushbu rivoyatni sharhlagan olimlar o‘tgan zamonda ulug‘, ahli solih kishilar ham ba’zan zolim, fosiq hokimlar ortidan namoz o‘qiganlarini zikr qilganlar. Imom Buxoriy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiyning ortidan namoz o‘qiganligi haqida rivoyat keltirganlar. Hajjoj ibn Yusuf o‘z nomi bilan, ya’ni Hajjoji Zolim nomi bilan mashhur. Uning ismiga doimo zolimlik sifati qo‘shib zikr qilinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudek ulug‘ sahobiy fitna bo‘lmasligi uchun uning ketidan namozda iqtido qilganlar. Shuningdek, ulug‘ sahobiylardan Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu Marvon ibn Hakimning ortidan namoz o‘qiganlar. Bunday odamlarning imom bo‘lishlari yaxshi emas. Ammo ular imom bo‘lib qolsa, ortlaridan namoz o‘qish joiz. Ularga iqtido qilgan kishilarning namozlari maqbul. Imomlikka o‘tganlarning gunohlari esa o‘zlariga. Alloh taolo musulmonlarga doimo munosib imomlar topilishini nasib etsin. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 218 | Ibodatlar